Sarmoya Books

Sanasi: 1 yanvar 2025

Ommaviy oferta

Ushbu hujjat O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 369-moddasi asosida tuzilgan ommaviy oferta bo'lib, Sarmoya Books (Taklif etuvchi) va sayt foydalanuvchisi (Aktseptant) o'rtasidagi shartnomani tashkil etadi.

1. Atamalar va ta'riflar

Taklif etuvchi — 'Sarmoya Books' MChJ, O'zbekiston Respublikasida ro'yxatdan o'tgan yuridik shaxs. Aktseptant — ushbu oferta shartlarini qabul qilgan, saytdan foydalanuvchi jismoniy shaxs. Tovar — Taklif etuvchining onlayn do'konida sotuvga qo'yilgan kitoblar va boshqa mahsulotlar. Xizmat — Taklif etuvchi tomonidan ko'rsatiladigan elektron tijorat xizmatlari.

2. Shartnoma predmeti

Taklif etuvchi saytda ko'rsatilgan narxlarda tovarlar sotish va yetkazib berishni amalga oshirishni, Aktseptant esa tovarlarni qabul qilib, belgilangan narxda to'lovni amalga oshirishni o'z zimmasiga oladi. Shartnoma Aktseptant tomonidan buyurtma berish va to'lovni tasdiqlash orqali tuzilgan hisoblanadi.

3. Narxlar va to'lov tartibi

Barcha narxlar O'zbek so'mida, QQS kiritilgan holda ko'rsatilgan. To'lov Payme, Click, Uzum Bank elektron to'lov tizimlari yoki naqd pul orqali amalga oshiriladi. Bo'lib to'lash Uzum Nasiya xizmati orqali taqdim etiladi. Narxlar buyurtma tasdiqlangunga qadar o'zgarishi mumkin; tasdiqlangandan keyin belgilangan narx o'zgarmaydi.

4. Yetkazib berish shartlari

Toshkent shahri bo'yicha yetkazib berish muddati 1–2 ish kuni. Viloyatlarga yetkazish muddati 2–5 ish kuni. Yetkazib berish narxi buyurtma rasmiylashtirish sahifasida aniqlanadi. 150 000 so'mdan yuqori buyurtmalar uchun Toshkent shahri bo'yicha yetkazib berish bepul. Fors-major holatlari (tabiiy ofat, pandemiya va hokazo) yetkazib berish muddatini uzaytirishi mumkin.

5. Tovarni qabul qilish va tekshirish

Aktseptant tovarni kuryer yetkazib kelganda darhol tekshirishi shart. Tashqi ko'rinishida shikast, noto'g'ri tovar yoki miqdor bo'lsa, qabul paytida darhol bildirish kerak. Tovar qabul qilinganidan so'ng, uning tashqi ko'rinishiga oid shikoyatlar ko'rib chiqilmaydi.

6. Qaytarish va almashtirish tartibi

Tovarni qaytarish yoki almashtirish quyidagi hollarda amalga oshiriladi: tovar sifatsiz bo'lsa (ishlab chiqaruvchi kamchiligi); noto'g'ri tovar yetkazib berilsa. Sifatli tovar 14 kun ichida asl holatida qaytarilishi mumkin. Qaytarish uchun: hello@sarmoya-books.uz ga yoki +998889008888 raqamiga murojaat qiling.

7. Taklif etuvchining majburiyatlari

Taklif etuvchi quyidagi majburiyatlarni o'z zimmiga oladi: saytda ko'rsatilgan tovarlarni belgilangan muddatda yetkazib berish; tovarning sifati va xavfsizligiga kafolat berish; shaxsiy ma'lumotlarni maxfiylik siyosatiga muvofiq saqlash; shikoyat va so'rovlarga 2 ish kuni ichida javob berish.

8. Aktseptantning majburiyatlari

Aktseptant quyidagi majburiyatlarni o'z zimmiga oladi: to'g'ri aloqa ma'lumotlari va yetkazib berish manzilini ko'rsatish; buyurtma narxini belgilangan muddatda to'lash; tovarni kuryer yetkazib kelganda belgilangan vaqtda qabul qilish; saytdan foydalanish shartlariga rioya qilish.

9. Ofertaning amal qilish muddati

Ushbu oferta e'lon qilingan kundan boshlab amal qiladi va Taklif etuvchi uni bekor qilgunga qadar kuchda qoladi. Taklif etuvchi ofertaga o'zgartirish kiritish yoki uni bekor qilish huquqini o'zida saqlab qoladi; bunday o'zgarishlar saytda e'lon qilingan kundan kuchga kiradi.